Ushbu Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda — Siyosat) “MEMORIES GROUP” brendi ostidagi butun tizimga — rasmiy veb-sayt, mobil ilova, Telegram-bot va call-markaz (keyingi o‘rinlarda — Tizim) uchun tatbiq etiladi va foydalanuvchidan olinadigan ma’lumotlarni qayta ishlash va himoya qilish tartibini belgilaydi.
Tizimdan foydalanish foydalanuvchining ushbu Siyosat va undagi shartlarga so‘zsiz roziligini anglatadi. Agar foydalanuvchi Siyosatga rozi bo‘lmasa, Tizimdan foydalanmasligi lozim.
Tizim “MEMORIES GROUP” kafelar tarmog‘i mijozlariga ovqat buyurtma berish uchun mo‘ljallangan.
Tizim doirasida foydalanuvchi (mijoz):
menyuni va mavjud taomlar haqida ma’lumotni ko‘radi;
taom tanlaydi va buyurtma beradi;
buyurtmaning holatini va yetkazib berilishini kuzatadi;
qo‘llab-quvvatlash markazi yoki kuryer bilan bog‘lanadi;
buyurtmalar tarixini saqlaydi;
buyurtma bo‘yicha bildirishnomalar oladi.
Foydalanuvchi ixtiyoriy ravishda quyidagilarni taqdim etadi:
F.I.Sh.;
telefon raqami;
yetkazib berish manzili;
elektron pochta;
tug‘ilgan sana;
zaruratga ko‘ra boshqa ma’lumotlar.
Agar ruxsat berilgan bo‘lsa — GPS yoki tarmoq orqali joylashuv aniqlanadi (yaqin filiallarni ko‘rsatish va yetkazib berish uchun).
Operatsion tizim versiyasi, telefon modeli va boshqalar — tizim barqarorligini oshirish va xatolarni aniqlash uchun.
Foydalanuvchi xavfsizligini ta’minlash, hududiy cheklovlar va firibgarlikdan himoyalanish maqsadida.
Foydalanuvchiga qulaylik yaratish, tezkor qayta buyurtma, afzalliklar tahlili va chegirmalar uchun ishlatiladi.
Jamiyat faqat xizmat ko‘rsatish va tizimni ishlatish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlaydi.
Jamiyat ma’lumotlarning tarqalishi va ruxsatsiz kirishlardan himoya qilish uchun zarur texnik va tashkiliy choralarni ko‘radi.
Ma’lumotlar foydalanuvchi profilining o‘chirilgunicha yoki foydalanuvchining shaxsiy iltimosiga binoan, uning roziligi asosida saqlanadi.
Foydalanuvchi profilini o‘chirish orqali o‘z ma’lumotlarini o‘chirishi mumkin. Bunday holatda Jamiyat ma’lumotlarni yo‘q qiladi yoki shaxsiy belgilarni olib tashlaydi.